Azar "Real"ga o‘tish uchun "Chelsi" bilan shartnomani uzaytirmadi

  • 29 dekabr, 2017, 16:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Eden Azarga Madridning "Real" jamoasi qiziqish bildirmoqda. Uning londonliklar bilan tuzgan shartnomasi 2020 yilda yakuniga etadi.  Rahbariyat kelishuvni uzaytirmoqchi edi, ammo futbolchi boshqacha fikrda.

- Azar klub bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi. Bu bilan u o‘zi yaxshi ko‘radigan "Real"ning qiziqishini yanada oshirmoqchi. Biroq hozircha hech qanday shartnoma imzolanganicha yo‘q, - deydi Azarning akasi.

Eslatib o‘tamiz, Eden 2012 yili 35 mln evro evaziga "Lill"dan "Chelsi"ga o‘tgan edi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!