Azarning o‘rnini Azar egallashi mumkin

  • 9 fevral, 2019, 17:25
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Transfer huquqi "Chelsi"ga tegishli bo‘lgan, "Serkl Bryugge" yarim himoyachisi Kilian Azar yozda akasi Torgan Azarning o‘rnini egallashi mumkin. Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Torgan Dortmund "Borussiya"sining yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadi bo‘lib turibdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, dortmundliklar uning uchun 42 mln evro to‘lashga tayyorlar. Ma’lumot uchun, Torgan Azar joriy yilgi mavsumda Germaniya Bundesligasida 19 bellashuvda maydonga tushdi va 9 ta gol kiritib, 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!