Aziz Abdug‘ofurov Argentinaning eng zo‘r bokschisiga qarshi jang qiladi

  • 01.03.2017 10:35
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

 

Professional boksda muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan Azizbek Abdug‘ofurov 25 mart kuni Singapurda oltinchi jangini o‘tkazadi.

Azizbek Abdug‘ofurovga bu gal ham kuchli raqib - professional boks bo‘yicha Argentina chempioni, WBC va IBF yo‘nalishlari bo‘yicha Lotin Amerikasi chempioni, o‘z vazn toifasida Argentinaning birinchi raqamli bokschisi Martin Fidel Rios raqiblik qiladi.

Argentinalik bokschi o‘z faoliyatini 2021 yilda boshlagan jami 35 ta jang o‘tkazgan. Rios shu kungacha 21 ta jangda zafar quchgan, 11 marta raqiblarini nokautga uchratgan va to‘rtta uchrashuvda durang qayd etgan.

Azizbek Abdug‘ofurov esa professional bokschilik faoliyatini o‘tgan yili boshladi va birdaniga profringda o‘ndan ziyod g‘alaba qozongan tajribali bokschilar bilan kuch sinashdi. Ketma ket nokautli g‘alabalar hamyurtimizga qisqa fursatda chempionlik janglarini o‘tkazish imkonini berdi.

Azizbek o‘tgan yilning yozida engilmas nokautchi Chaloemporn Savatsukni (17-0-0, 13 KO) nokaut qilib, WBC yo‘nalishi bo‘yicha Asian Boxing Council middleweight title - Osiyo chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

Azizbek Abdug‘ofurov bir necha kun muqaddam bu sovrinini sobiq jahon chempioni tailandlik Sirimongkol Eamtuamdan (91-0-3, 57 KO) munosib himoya qildi.

Azizbek Abdug‘ofurov va Martin Fidel Rios o‘rtasidagi bellashuv 10 raundlik reyting jangi bo‘ladi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!