Azmunni APLga chorlashmoqda
Qozonning "Rubin" klubi forvardi Sardor Azmun faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 24 yoshli eronlik futbolchining xizmatlariga "Vulverxempton"dan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Ular Azmunni keyinchalik 13 mln evroga sotib olish huquqi bilan 2 mln evroga mavsum oxirigacha ijaraga olishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi Azmunga 10 mln evro taklif qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.



Fikrlar