Sardor Azmun katta ehtimol bilan faoliyatini "Zenit"da davom ettiradi

  • 30.01.2019 15:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi "Rubin" forvardi Sardor Azmun borasida rasmiy taklif bilan murojaat qildi.

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda piterliklar 24 yoshli eronlik futbolchi uchun qozonliklarga 10 mln evro taklif qilgan. Ayni damda esa tomonlar muzokaralrni davom ettirishmoqda.

“Zenit” Azmunni Evropa ligasi pley-off qaydnomasiga kiritish uchun ushbu transferni 1 fevralga qadar yakunlamoqchi.

Qayd etish lozimki Azmunga shuningdek "Galatasaroy" va "Vulverxempton" kabi klublardan ham qiziqishlar mavjud. Ammo, ushba jamoalar hozircha “Rubin”ga rasmiy taklif bilan chiqishmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!