
Bahodir Nasimov: “Kuperga o‘zimni ko‘rsatish uchun jonimni berishga tayyorman”
Ozarbayjon chempionatiga ko‘chib o‘tgan Bahodir Nasimovning u erdagi faoliyati qanday kechayotgani borasida muxlislarimizning qiziqayotganliklari haqida eshitib turamiz. Mahalliy “Keshla” jamoasi a’zosiga aylangan hujumchimizning oxirgi paytlarda ishlari u qadar yurishmayotgandek. Bungacha “Keshla” “Inter” deb nomlanardi. Buning ustiga uning jamoasi mag‘lubiyatlar girdobiga tushib qolgani haqida ham ma’lumotlar bor. Nasimov yangi jamoasi safida ko‘proq zaxirada qolayotgani esa yoqimsiz holat. Shuning uchun biz Bahodir bilan bog‘landik va u erdagi faoliyati hamda aslida vaziyat qanday ekanligi bilan yaqindan qiziqdik.
Tajribali futbolchimiz suhbat davomida terma jamoamizning yangi bosh murabbiyi Ektor Kuperga o‘zini ko‘rsatish uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilishini alohida ta’kidladi.
- Ektor Kuper terma jamoaga nomzod bo‘lgan barcha o‘yinchilarni chaqirib, yana boshqatdan imkoniyat havola etyapti. Lekin murabbiy meni kuzatyaptimi-yo‘qmi, bundan bexabarman. Agarda meni ham termaga chaqiradigan bo‘lsa, Kuperga o‘zimni ko‘rsatish uchun jonimni berishga tayyorman.
Bahodir Nasimov bilan uyushtirilgan suhbatning to‘liq matnini tez orada saytimizda o‘qishingiz mumkin.
Fikrlar