Bahrayn termasi ustozi: Durang adolatli natija bo‘ldi

  • 6 yanvar, 2019, 13:39
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ochilish uchrashuvida BAA va Bahrayn terma jamoalari o‘zaro bahs olib borishdi va unda kuchlar teng keldi - 1:1. Bellashuvdan so‘ng bahraynliklar ustozi Miroslav Soukup o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Uchrashuvdan oldin kimdir durang bo‘lishini aytganida, bunga rozi bo‘lar edim. Odamlar bizga omad kulib boqdi deb o‘ylamoqda, chunki BAA yaxshi jamoa va ilk bo‘limda yaxshi o‘yin namoyish etdi. Menimcha, bu natija albatta yaxshi.

Tanaffusida yigitlar bilan gaplashganimdan so‘ng ikkinchi bo‘limda yaxshi harakat qildik. G‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi, ammo biz BAAdan keragidan ko‘p qo‘rqib yubordik nazarimda. Futbolchilarim xato qilishdan qo‘rqib harakat qilishdi.

Umuman olganda o‘yinni ko‘rib, 1:1 hisobi adolatdag bo‘ldi deyishim mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!