Bakayoko "Chelsi"da keraksiz futbolchiga aylanishi mumkin

  • 19 iyul, 2018, 12:37
  • 0
  • Futbol

Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Temue Bakayoko yozgi transferlar davrida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Daily Star nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaning yozishicha “aristokratlar”ning yangi ustozi Mauritsio Sarri “Napoli”dagi shogirdi Jorjinoni Londonga olib kelgach, Bakayokoni tarkibda ko‘rmoqchi emas.

Bundan avvalroq esa “Sevilya” 23 yoshli futbolchini “Chelsi”dan ijaraga olib, uning 6 mln funtlik maoshining 90% to‘lab berishga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Bakayoko “Chelsi” safiga o‘tgan yilning yozida “Monako”dan kelib qo‘shilgan edi. U yakunlangan mavsum londonliklar safida jami 29ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!