“Barselona” Inestani klubda qolishiga ko‘ndirmoqchi

  • 22 mart, 2018, 17:37
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

“Barselona” rahbariyati klub yarim himoyachisi Andres Inestaning boshqa klubga ketishini istamayapti va uni yana bir mavsumga olib qolishga ko‘ndirmoqchi.

Sport.es nashrining xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar prezidenti Jozep Mariya Bartomeu va bosh murabbiy Ernesto Valverde birgalikda FIFA kunlarida Inesta bilan gaplashib olmoqchi.

Avvalroq 33 yoshli futbolchining xizmatlariga Xitoyning “Tyantszin Tsyuantszyan” klubi qiziqish bildirgani haqida xabar berilgandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!