
"Sherzod A’zamovni murabbiylik litsenziyasi mavjud emas, Qo‘ziev Hindiston jamoasiga o‘tdi" - "Sho‘rtan" murabbiyi
Superliganing 15-turi G‘uzorda “Sho‘rtan” – “Qizilqum” uchrashuvi bilan boshlandi. O‘yinda mehmonlar 1:2 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan so‘ng matbuot anjumanida “Sho‘rtan”ning vaqtinchalik bosh murabbiyi Eldor Moyliev jurnalistlarning savollariga javob berdi.
- Teng jamoalar o‘rtasida kurash bo‘ldi. Gollarni o‘zimizni xatoimiz bilan o‘tkazib yubordik. Afsuski, to‘p yo‘qotilishiga tayyor emasdik va ikkita gol o‘yin taqdirini hal qildi.
- Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston terma jamoasining sobiq futbolchisi “Sho‘rtan” murabbiylar shtabiga qo‘shilishi haqida xabarlar chiqdi. Shu haqida nima deya olasiz?
- Kim aynan?
- Sherzod A’zamov.
- Murabbiylar shtabini asosan rahbariyat hal qiladi. Hali Sherzod A’zamovni murabbiylik litsenziyalari mavjud emas. Bilmadim, uni rahbariyat hal qiladi. Murabbiy bo‘lib ishlash uchun litsenziyaga o‘qish kerak. Kamida “A” litsenziya bo‘lishi lozim.
- Qo‘zievning ketishi haqida...
- Uchrashuvda Qo‘ziev kabi etakchilarimizni yo‘qligi bilindi. Sirojiddin Qo‘ziev Hindiston jamoasiga o‘tdi. Legionerga aylandi.
- Uni olib qolishga harakat qilmadinglarmi?
- Uni shartnomasida shunaqa band bor edi: agar chetdan yaxshiroq taklif bo‘lsa, boshqa klubga qo‘yib yuborish lozim. Yil boshida shunday band kiritilgan.
- Yozgi transfer oynasida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
- Albatta, futbolchilar olamiz, jamoani kuchaytiramiz. Har bir chiziqda raqobat yuzaga keltiramiz. Tajribali o‘yinchilarni ham ko‘z ostimizga olib qo‘yganmiz. Ularni ham jalb qilamiz va bir-ikkita fikrlashi yaxshiroq bo‘lgan yoshlarni ham taklif qilamiz.
Fikrlar