
Ronaldu Jotaning vafotiga munosabat bildirdi
Krishtianu Ronaldu yuraklarni titratgan holda, Diogu Jotaning vafotiga munosabat bildirdi.
Portugaliya terma jamoasi va "Liverpul" hujumchisi Jota 28 yoshida avtoyo‘l halokatida hayotdan ko‘z yumdi. U bilan birga mashinada bo‘lgan ukasi Andre ham vafot etdi. Avtomobil yo‘ldan chiqib ketib, yonib ketgan.
"Bu aqlga sig‘maydi. Yaqinda biz terma jamoada birga edik, yaqinda sen uylanding. Men oilangizga, rafiqangizga va farzandlaringizga bardoshli bo‘lishlarini tilab, chuqur hamdardlik bildiraman. Men bilaman, sen ular bilan abadiy birgasan. Diogu va Andre - biz sizlarni sog‘inamiz" — deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda.
Eslatib o‘tamiz, Jota joriy mavsum "Liverpul" bilan Premer-liga, Portugaliya termasi bilan esa Millatlar ligasini yutgan edi.
Fikrlar