"Barselona" Sillessenning narxini e’lon qildi

"Barselona" klubi o‘z darvozaboni Yasper Sillessenni qo‘yib yubormoqchi emas.

Eslatib o‘tish joizki, o‘tgan yozda 29-yoshli kipper uchun bir necha APL klublari kurash olib borishdi biroq Yasper faoliyatini "ko‘k-anor ranglilar" safida davom ettirishni ma’qul ko‘rdi.

As nashrining xabar berishicha, "Barsa" Sillessenning tovon pulini 60 million evroga baholagan. 

- Bu borada aniq bir muzokaralar olib borayotganimiz yo‘q, jamoamizda ikkita eng zo‘r darvozabon faoliyat olib boradi, - deb xabar berishgan klub nashrga.

Ma’lumot uchun, Yasper va "Barselona" o‘rtasidagi shartnoma 2021 yilga qadar imzolangan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!