"Barselona" de Ligt uchun kurashdan chiqdi

  • 25 dekabr, 2018, 14:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi "Ayaks" himoyachisi Matteys de Ligt uchun kurashdan chiqdi. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra "ko‘k-anor ranglilar" "Yuventus", "Bavariya", PSJ va "Liverpul" kabi klublar da’vogarlik qilayotgan 19 yoshli gollandiyalik futbolchi uchun bo‘layotgan poygada ishtirok etishni istashmagan. Chunki, uning agenti Mino Rayola mijozi uchun da’vogar klublar o‘rtasida “kim oshdi savdosi”ni yo‘lga qo‘yib, imkon qadar uning maoshini oshirmoqchi.

Ma’lumot uchun, de Ligt joriy mavsum “Ayaks” safida jami 16ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!