"Barselona" kimlar uchun kurash olib bormoqda?
Avvalroq xabar berganimizdek "Atletiko" klubi xujumchisi Antuan Grizmann "Barselona" klubi tarkibini kuchaytirish taklifiga rad javobini berdi.
Shu tariqa, "ko‘k-anor ranglilar" "Manchester Siti" xujumchisi Gabriel Jezus hamda PSV klubi yarim himoyachisi Irving Losanoga katta qiziqish bildirmoqda. Aytib o‘tish joizki, Valverde boshchiligidagi klub TsSKA yarim himoyachisi Aleksandr Golovin hamda "Yuventus"da to‘p tepayotgan Miralema Pyanichni ham ko‘z ostiga olib qo‘yishgan.
As nashrining xabar berishicha, "Siti" safida to‘p tepayotgan Jezus va "Bavariya" klubi yarim himoyachisi Tiago Alkantraning Kataloniyaga ko‘chib o‘tishi ehtimoli pasroq.

Fikrlar