"Barselona" muxlislarini superrekord bilan xushnud etdi

  • 9 dekabr, 2016, 15:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
 
"Barselona" Evropa chempionlar ligasida to‘p uzatish bo‘yicha o‘z rekordini yangiladi.
 
Kataloniyalik futbolchilar Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda jami 991 ta to‘p uzatishni amalga oshirdi. Hayratlanarlisi shundaki, futbolchilar 905 (91,3 foiz) marta aniq pas bergan.
 
To‘p uzatish bo‘yicha eng ko‘p urinishni argentinalik himoyachi Xaver Maskerano amalga oshirdi va jamoadoshlariga 137 ta pas berdi. Shulardan 126 tasi manzilga aniq etib bordi.
 
"Barselona" avvalgi rekordini 2010 yili "Rubin"ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda o‘rnatgandi. O‘shanda Lionel Messi boshchiligidagi futbolchilar jami 971 ta pas uzatgan.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!