
"Barselona" so‘nggi 15 yilda ilk bor "Kamp Nou"da 4 ta gol o‘tkazib yubordi
Kataloniyaliklar 2018 yilda ikkinchi marta o‘z darvozalaridan 4 ta yoki undan ko‘p gol olib chiqishdi. Yodingizda bo‘lsa, o‘tgan mavsum may oyida Ernesto Valverde shogirdlari "Levante"ga 4:5 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
Umuman olganda, "Barselona" so‘nggi 15 yil ichida ilk bor "Kamp Nou"da o‘z darvozasidan 4 ta to‘p olib chiqdi. 2003 yilning aprel oyida "Deportivo" Kataloniyada "Barselona" ustidan 4:2 hisobida g‘alabaga erishgan edi.
Fikrlar