"Barselona" vakillari Goretska bilan uchrashishdi

  • 23 noyabr, 2017, 13:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” hamon “Shalke-04” klubi yarim himoyachisi Leon Goretskani sotib olish fikridan qaytmayapti.

Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra kataloniyaliklar vakillari bu borada Germaniya terma jamoasi a’zosi bilan uchrashishgan.

Aytish lozimki, 22 yoshli futbolchini nafaqat “Barselona”, balki, Myunxenning “Bavariya” klubi ham o‘z safida ko‘rishni istamoqda. Goretskaning o‘zi esa bundan avvalroq jamoadoshlarini xavotirga solmaslik uchun hozircha kelajagi borasida o‘ylamayotgani haqida aytib o‘tgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Goretskaning gelzenkirxenliklar bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi va u katta ehtimol bilan yozda erkin agentga aylanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!