
Husanovning do‘sti “qo‘rqoqligi” uchun keskin tanqidga uchradi!
“Manchester Siti” Angliya kubogi finalida “Kristal Pelas”ga yutqazib qo‘ydi va mavsumni sovrin bilan yakunlash borasida so‘nggi imkoniyatidan ham foydalana olmadi.
Uchrashuvning 16-daqiqada “Kristal Pelas” vakillaridan Eberechi Eze aniq zarba bilan hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq bellashuvdagi kulminatsion vaziyat 33-daqiqaga to‘g‘ri keldi. Raqib jarima maydonchasiga yorib kirgan Bernardu Silvani Tayrik Mitchell o‘yin qoidasini buzgan holda to‘xtatdi.
Videotakrorni ko‘rgan bosh hakam Styuart Attuell penalti belgiladi. Avvaliga 11 metrlik belgidan zarba berishga tayyorgarlik ko‘rib turgan Erling Xoland mas’uliyatni bo‘yniga olishga botina olmadi. Norvegiyalik hujumchi penalti tepishni Umar Marmushga topshirdi. Misrlik futbolchi yo‘llagan to‘pni “Kristan Pelas” darvozaboni Din Xenderson qaytardi.
Shu tariqa, manchesterliklar hisobni tenglashtirish va o‘yinda burilish yasash imkoniyatini qo‘ldan chiqardi. Oxir-oqibat bosh sovrinni raqib ilib ketdi.
Ayni paytda ekspertlar bu o‘yin tahlili bilan band. Angliya futboli afsonalaridan Ueyn Runi esa mas’uliyatdan qochgan Erling Xolandni keskin tanqid qildi.
- Erling Xoland – jahon darajasidagi hujumchi, lekin Lionel Messi va Krishtianu Ronaldudek, bo‘la olmas ekan. Bu ikkisi bunaqa vaziyatda hech qachon to‘pni boshqasiga berib qo‘ymaydi.
Aynan mana shu omil Messi va Ronalduni Erling Xoland, Kilian Mbappe va boshqa o‘yinchilardan ajratib turadi. Ularda kerakli darajada xudbinlik bor va har bir o‘yinda gol urish imkoniyatidan foydalanishga harakat qilishadi.
O‘ylashimcha, Xoland qulay vaziyatlarni boy berganida bu holat unga salbiy ta’sir qila boshlaydi. Balki “Uembli”da penaltini amalga oshirish Erling uchun juda og‘irlik qilgandir. Nima bo‘lishini hech kim bilmaydi, - dedi Ueyn Runi.
Erling Xoland o‘zi o‘ynagan Avstriya, Germaniya, Angliya ligalarida har doim to‘purarlik mahoratini namoyish qilib kelgan. Biroq 24 yoshli hujumchi “Manchester Siti”ga kelganidan beri bir “qora an’ana”ga chek qo‘ya olmayapti.
Mohir forvard “shaharliklar” safida turli musobaqalarning sakkizta finalida ishtirok etdi. Shunga qaramay, Erling hal qiluvchi uchrashuvlarda birorta samarali harakatni amalga oshirib, gol yoki assist muallifi bo‘lgani yo‘q.
Aynan mana shu holat ko‘pinchi Erling Xolandning ekspertlar va muxlislar tomonidan tanqid ostiga olinishiga sabab bo‘lmoqda.
“Uembli” stadioni mezbonlik qilgan Angliya kubogi finali qaydnomasiga hamyurtimiz Abduqodir Husanov ham kiritildi. Biroq 21 yoshli himoyachimiz o‘yinni zaxira o‘rindig‘idan kuzatib o‘tirdi.
Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov shu yilning yanvar oyida Frantsiyaning “Lans” klubidan “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tganida jamoa etakchilari, xususan, Erling Xoland ham o‘zbek legionerini qo‘llab-quvvatlab, yangi muhitga moslashishiga yordam bergan edi.
Shomurodovga ekspertlar nechchi ball qo‘ydi?
Mashhur legionerimiz 9-klubidan ham ketdi!
Shomurodovni Chempionlar ligasida ko‘ramizmi?
Bu yulduz kelsa, Husanovga “Siti”da aniq “non” qolmaydi!
Raneri va Shomurodov A Seriyani dahshatga solmoqda
Shomurodov “Roma”ning “top-5”dagi tarixiy rekordini ta’minlab berdi!
Husanov jamoasiga yaxshi xabarlar kela boshladi!
Fikrlar