Mashhur legionerimiz 9-klubidan ham ketdi!

  • 18 may, 11:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod bo‘lgan futbolchilardan biri – Jasurbek Yaxshiboev yana o‘ziga yangi jamoa qidirishiga to‘g‘ri keladi.

27 yoshli futbolchimizning faoliyatiga barqarorlik etishmayapti. O‘tgan yilni Qozog‘iston chempionatida “Ordabasi” jamoasida yakunlagan Jasurbek bir necha oy ishsiz qolib ketdi. Uning kelajagini turli jamoalar bilan bog‘lashdi.

Kutilmaganda, Yaxshiboev Eron chempionatida to‘rtinchi o‘zbek futbolchi sifatida paydo bo‘ldi. Bu mamlakatdagi uch nafar legionerimiz – Oston O‘runov, Jaloliddin Masharipov va darvozabon O‘tkir Yusupov liganing kuchli klublaridan hisoblangan “Persepolis”, “Istiqlol” va “Fulad” sharafini himoya qiladi.

Jasur esa, Eron ligasi autsayderlaridan hisoblangan “Nassadji Mazandaran” jamoasi bilan 25 mart kuni shartnoma imzoladi. Universal hujumchimizning bu klubdagi faoliyatini muvaffaqiyatli chiqdi, deyish qiyin. U chempionat va kubok doirasida to‘rtta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga bitta assist rasmiylashtirdi.

Mavsum yakuniga ko‘ra, Nassadji Mazandaran” quyi ligaga tushib ketdi. Jasur Yaxshiboevning eronliklar bilan shartnomasi tugadi. U klubni tark etdi va yoz ichi o‘ziga munosib jamoa topishga harakat qiladi.

Jasurbek Yaxshiboev “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bu jamoadan tashqari yurtimizda turli yillarda OTMK va “Navbahor” jamoalarida to‘p tepgan. Faoliyatining katta qismini xorijda o‘tkazmoqda. Xususan, Jasur Belarusda “Energetik-BGU” va “Shaxtyor-Soligorsk”, Polshada “Legiya”, Moldovada “Sherif” hamda Qozog‘istonda “Ordabasi”da o‘ynagan.

Yaxshiboev uch mamlakat – Belarus, Polsha va Moldova chempion.

Bundan tashqari, O‘zbekiston chempionati bronza medali sohibi va O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi safida 2018 yili Osiyo chempionati g‘olibi bo‘lgan.

Jasurbek 2021 yilning 28 sentyabrida Evropa Chempionlar ligasi guruh bosqichida Madridda “Real” darvozasini ishg‘ol qilib,  “Sherif”ning tarixiy g‘alabasini ta’minlagani bilan ham mashhur.

Yaxshiboev faoliyati davomida klublar miqyosida jami 172 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 41 ta gol va 22 ta assist rasmiylashtirib qo‘ygan.

Shuningdek, bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan futbolchi O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida o‘nta uchrashuvda ishtirok etib, Venesuela hamda Tojikiston terma jamoalari darvozasini ishg‘ol qilgan.

Jasur Yaxshiboevga o‘z iqtidori va salohiyatini namoyish qilishi uchun o‘ziga munosib jamoa topishiga umid qilib qolamiz...

Husanovning do‘sti “qo‘rqoqligi” uchun keskin tanqidga uchradi!

Shomurodovni Chempionlar ligasida ko‘ramizmi?

Bu yulduz kelsa, Husanovga “Siti”da aniq “non” qolmaydi!

Raneri va Shomurodov A Seriyani dahshatga solmoqda

Shomurodov “Roma”ning “top-5”dagi tarixiy rekordini ta’minlab berdi!

Husanov jamoasiga yaxshi xabarlar kela boshladi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!