Gvardiola uchrashuv qahramoni bilan nega urishib qoldi?

  • 18 may, 10:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya kubogining finalida “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gardiola uchrashuv qahramoni – Kristal Pelas” darvozaboni Din Xendersen bilan kelisha olmay qoldi.

Xenderson birinchi bo‘limda Umar Marmushning 11 metrlik nuqtadan yo‘llagan zarbasini qaytarib, jamoasining 1:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minlab berdi.

- Xenderson o‘z manfaatlarini himoya qildi, biz esa o‘ziminikini. O‘yin vaqti yo‘qotildi. Men vaqt cho‘zish oxirgi daqiqalarda bo‘lishini to‘g‘ri tushunaman. Lekin ilk daqiqalardan bunday qilishni qabul qilib bo‘lmaydi. Xenderson britaniyalik, ingliz futbolida o‘ynash kerak.

To‘g‘ri hamma istaganini qilishi mumkin. Biz gol urishimiz kerak edi. Xenderson vaqt cho‘zgani uchun yutqazganimiz yo‘q. Bizga 10 daqiqa qo‘shib berishdi. Lekin gap ritmning pasayib ketishida.

Barcha muxlislar maydondagi 22 nafar futbolchi tinimsiz o‘ynashini ko‘rgani kelgan. Men muxlislar kutgan o‘yinni namoyish qilishga urinaman. Boru shu. Tomosha chiroyli bo‘lishi kerak. Shundan bo‘lsa-da, raqib darvozabonini tushunaman. Bu masala bo‘yicha barcha savollar bosh hakamga berilishi kerak, menga emas, - dedi Xosep Gvardiola.

Uchrashuvdan keyin ispaniyalik murabbiy Xendersonni qo‘li bilan ko‘rsatib, uning harakatlariga e’tiroz bildirdi. Bundan tashqari, Gvardiola darvozabonga qo‘l bermadi. Uchrashuv davomida vaqtni cho‘zib kelgan Din Xenderson sariq kartochka bilan ogohlantirilgan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!