
“Barselona” – “Real” uchrashuvining Mayamidagi bahsining chiptalari 10 ming dollardan sotildi
Xabaringiz bor, har yili yozda klublar o‘rtasida xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi. Ushbu turnir bir nechta mamlakatda bo‘lib o‘tadi.
Bu gal ushbu turnirda “Barselona” va “Real” o‘zaro bahs olib boradi. Mazkur bellashuvga bo‘lgan qiziqish juda yuqori. Shuning uchun Mayamida o‘tkaziladigan “el-klasiko”ga chiqarilgan chiptalar 20 daqiqada sotib bo‘lindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Real” – “Barselona” uchrashuvi chiptalarining 283 dollardan 10 ming dollargachani tashkil qilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Mayamida bo‘ladigan “Barselona” – “Real” qarama-qarshiligi 30 iyulda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar