
"Barselona"ni engan "Betis" bosh murabbiyi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Ispaniyaning “Betis” klubi bosh murabbiy Kike Seten bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi.
Informa Betis nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 60 yoshli mutaxassisning klub bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan. Ammo, “Betis” ushbu mutaxassis bilan uzoq yillik kelishuv imzolamoqchi. Bu borada klub vakillari va murabbiy o‘rtasida hozircha bir marta uchrashuv o‘tkazishdi. Ammo shunga qaramay “Betis” rahbariyatining ushbu taklifi Setenda ham jiddiy qiziqish paydo qildi va u bir necha yil ushbu klubda ishlashga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, “Betis” La Liganing o‘tgan turida safarda “Barselona”ni 4:3 hisobida sensatsion tarzda engan edi.
Fikrlar