"Barselona"ning sobiq futbolchisi faoliyatini Yaponiyada davom ettiradi
Yaponiyaning "Sagan Tosu" klubi "Barselona"ning sobiq futbolchisi Isaak Kuenki bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.
Ta’kidlash kerakki, 27 yoshli ispaniyalik futbolchi hozirdi erkin agent hisoblanadi. Shu bois u yapon klubiga mutlaqo tekinga tushishi mumkin. U ayni damda shartnoma imzolash uchun Yaponiyaga ketib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, "Sagan Tosu" safida yana bir ispaniyalik futbol yulduzi – Fernando Torres ham to‘p suradi.
Ma’lumot uchun, Kuenki faoliyati davomida "Barselona", "Sabadel", "Ayaks", "Deportivo", "Bursaspor", "Granada" va "Xapoel" klublarida to‘p surgan.

Fikrlar