"Bavariya" Xames bilan kelishib oldi
Huquqi doirasidan Madridning "Real" klubiga tegishli Xames Rodriges faoliyatini "Bavariya"da davom ettiradi.
Myunxenliklar Rrdriges va uning agenti Xaver Mendesh bilan xavbekni butunlay sotib olish borasida muzokaralarni yakuniga etkazishdi.
Aytib o‘tish joizki, Xamesning "Bavariya"dagi ijara shartnomasi 2019 yilning 15 iyuniga qadar imzolangan. Myunxenliklar futbolchini 42 million evro evaziga sotib olish variantini ishga tushirishi mumkin.
Ma’lumot uchun, xavbek joriy mavsumda bundesligada 4 uchrashuvda maydonga tushib, 2 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etdi va 1ta golli pasni o‘z nomiga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.



Fikrlar