
«Bavariya»ni «oyog‘i»dan tortayotganlar kim?
«Bavariya» Bundesliganing amaldagi chempioni va so‘nggi olti yildagi uning yagona sohibi hisoblanadi.
Ammo bu mavsumda myunxenliklarning ishlari o‘ngidan kelmayapti. Yupp Xaynkes o‘rniga kelgan yangi murabbiy Niko Kovach qo‘li ostida jamoa 11-turdan keyin turnirning 5-pog‘onasidan joy olgan. Bu vaqtga kelib ular uch marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rishdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan mavsumning 34 o‘yinidan bitta kam degani.
Chempionlar Ligasida esa myunxenliklar uch g‘alaba va bir durang bilan engilmas jamoa bo‘lib kelmoqda. Biroq Germaniya chempionlari o‘zlariga umuman o‘xshamayapti. Buni «AEK»ni qarshiligini sindirishda qiyinchilikka duch kelishganida ham ko‘rindi.
Muammmo aftidan faqatgina Kovachning boshqaruv uslubida emas, «Real»da bo‘lgani kabi tarkibdagi futbolchilar yangi bosh murabbiy bilan kelisha olmayotgandir.
Shu sabab tufayli «Bavariya»ning ba’zi futbolchilarini yomon start uchun ayblash kerakdir?
Ammo ular kim? Quyida Niko Kovachni ishiga yordam bera olmayotgan to‘rt futbolchini tahlil qilamiz.
Manuel Noyer
O‘yin o‘tkazgan: 11 (barchasida asosiyda)
Muhim statistika: kamida beshta Bundesliga o‘yinida ishtirok etgan 18 darvozabon ichida seyv qilish (0.86) bo‘yicha 17-o‘rinda.
Noyer bir vaqtlar o‘ta yuqori saviyadagi darvozabon edi. Biroq nemis posboni so‘nggi yillarda jarohatlar girdobiga tushib qoldi va jahonning eng yaxshi darvozaboni bo‘lgan paytdagi darajasiga chiqa olganicha yo‘q.
Muxlislar qiyin zarbalarni ham qaytara oladigan Noyerni kutishmoqda. Ammo u ayni vaqtda oddiy zarbalarni ham qaytarishga ojizlik qilmoqda.
U shunga qaramay Germaniya termasining asosiy posboni bo‘lishiga qaramay undan yaxshiroq variantlarga qaramay Yoaxim Lyovning unga bo‘lgan ishonchi tufayli bu maqomni saqlab turibdi.
Uning o‘tgan mavsumdagi faoliyati jarohat sabab boy berildi.
2016/17-yilgi mavsumda Noyer har 90 daqiqada o‘rtacha 1.9 ta seyvni amalga oshirdi. Bu mavsumda esa statistika 1.1 gacha tushib ketdi.
Farq o‘tkazib yuborilgan gollarda ham ko‘rinmoqda. 2016/17-yilgi mavsumda u 13 gol o‘tkazib yuborgan, bu har bir o‘yinga o‘rtacha 0.5 ni tashkil qiladi degani. Uning seyvlari statistikasi 3.92 bo‘lgan.
Yangi mavsumda esa Noyer 11 o‘yinda naq 14 gol o‘tkazib yubordi va bu bir o‘yinda o‘rtacha 1.27 degani. Seyv ko‘rsatkichi esa 0.96 ni tashkil qilmoqda.
Frank Riberi
O‘yin o‘tkazgan: 9 (5 tasi asosiyda)
Muhim statistika: Riberi barcha musobaqalarda 961 o‘yinda bir gol urmoqda
Frank Riberi «Bavariya»dagi 11 yillik davomida klubning buyuk futbolchisiga aylandi, ammo so‘nggi vaqtlarda 35 yoshli futbolchi o‘z «afsun»ini yo‘qotgandek ko‘rinmoqda.
Obro‘si va qisman tarkibda uning pozitsiyasida kengroq variantlar kamligi tufayli o‘yinlarga jalb qilinayotgan Riberi yangi mavsumdagi foydasi kamroq bo‘ldi.
Riberi o‘tgan mavsumda Bundesligada atigi bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Frantsiyalik futbolchi jamoadoshlari uchun joriy mavsumda har o‘yinda o‘rtacha 1.6 ta vaziyat yaratib bermoqda.
Yarim himoyachi shuningdek to‘pni yo‘qotish bo‘yicha ham etakchiga aylanib bormoqda. 2016/17-yilgi mavsumda har 90 daqiqada bu 1.6 ni tashkil etgan bo‘lsa hozir bu raqamlar 3.7 ga etgan.
Riberi darvoza tomon zarba yo‘llashda 2.2 gacha ko‘tarilib olgan bo‘lsada Bundesliganing 11 o‘yinida u hali birorta gol urganicha yo‘q.
Klub prezidenti Uli Xyoness kelasi yil yozida jamoada «katta tozalash» ishlari olib borilishini aytdi. ehtimol Riberi ham ana shu operatsiyaga tushib qolib klubni tark etishi ham mumkin.
Mats Xummels
O‘yin o‘tkazgan: 6 (barchasi asosiyda)
Muhim statistika: Xummels Bundesligada himoyaviy xato qilgan besh futbolchidan biri.
Mats Xummels yomon himoyachi emas. So‘nggi yillarda u Germaniya chempionlari safida ajoyib mavsumlarni o‘tkazgan.
Biroq markaziy himoyachining o‘yini Jahon Chempionati boshlanishi bilan kuchsizlana boshladi. Jahon chempioni maqomini himoya qilishda himoyachi sustkashlikka yo‘l qo‘ydi.
Keyin esa Xummels katta muammolarning kichik bo‘lagiga aylandi va uning xatolari himoya chizig‘ida ko‘plab boshog‘riqlarga sabab bo‘ldi.
Uning o‘yinidagi pasayish albatta Bundesliga chempionlarining natijalariga ham ta’sir qilmay qo‘ymayapti.
«Borussiya Dortmund»ga qarshi mag‘lubiyatdan keyin Kovach jamoasi musobaqa peshqadamlaridan etti ochkoga ortda qolib ketmoqda.
Xummels to‘g‘ridan-to‘g‘ri dortmundliklarning gollariga o‘z hissasini qo‘shgani yo‘q, albatta. Biroq uning pozitsion xatolari tufayli Marko Roys va Pako Alkaser myunxenliklarni jazolashdi.
Tomas Myuller
O‘yin o‘tkazgan: 10 (8 tasi asosiyda)
Muhim statistika: Myuller 739 daqiqalik o‘yin amaliyoti davomida gol urish yoki golli uzatmani berishda qiynalmoqda.
Myuller «Bavariya» uchun yaxshi va yomon mavsumlarni o‘tkazgan. Ammo Kovachning baxtiga qarshi u bu mavsumda yomonroq o‘yin namoyish qilmoqda.
Myuller 2015/16-yilgi mavsumda 20 gol urganidan beri eng yaxshi to‘purarlikka da’vo qilmay kelmoqda. U xatto raqib darvozabonlarini imtixondan o‘tkazishda ham no‘noqlik qilmoqda.
O‘tgan mavsumda nemis futbolchisi har 90 daqiqada 1.9 zarba yo‘llagan. Bu safar esa bu ko‘rsatkich 1.8 gacha tushgan. Bunday harakatning kamligi tabiiyki gollarning ham kamligiga sabab bo‘ladi.
Shunga qaramay u so‘nggi yillarda jamoadoshlari uchun havfli vaziyatlar, golli uzatmalarni amalga oshirishni o‘rganib olgandi. Yangi mavsumda bu ham 0 raqamiga tushib qolgan. O‘tgan mavsumda 14 golli uzatmaga ega bo‘lgan Myuller bir o‘yinda o‘rtacha 0.3 pas bergan.
Xullas, «Bavariya»ning muhim etakchilari o‘yinidagi pasayish klubning qoniqarsiz natijalariga jiddiy ta’sir qilmoqda.
Fikrlar