
Baxtiyor Ashurmatov: Orziqib kutilgan g‘alabaga erishdik
Pepsi Superligasi 18-turidan o‘rin olgan AGMK - "Buxoro" (2:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov quyidagicha fikr bildirib o‘tdi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Ancha orziqib kutilgan g‘alabaga erishdik. Zero, jamoamiz so‘nggi paytlarda chiroyli o‘yin va g‘alabalar bilan muxlislarini xursand qila olmayotgan edi. Natijada stadionga ishqibozlar tashrifi ham kamayib ketgandi. Shunday bo‘lsa-da, bizga ishonib, stadionga kelib qo‘llab-quvvatlagan barchaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Shu o‘rinda, bugun yaxshi o‘yin namoyish etgan har ikkala jamoa futbolchilariga ham rahmat. Zero "Buxoro" ancha yaxshi shakllangan va ajoyib murabbiyga ega jamoa. Ushbu klubga qarshi yaxshi o‘ynab, g‘alabaga erishganimizdan juda ham mamnunman. Muxlislarga ham uchrashuv manzur bo‘ldi, deb o‘ylayman", - dedi tajribali mutaxassis.
Fikrlar