
Baxtiyor Hamidullaev boshqaruvidagi jamoa Andijon viloyati chempioni bo‘ldi
16 noyabr kuni Andijonda O‘zbekiston birinchiligi ikkinchi tabaqa jamoalari o‘rtasidagi viloyat chempionati yakunlandi.
Aytish lozimki, viloyatning ikkinchi ligasida jami 16ta jamoa ikki guruhga bo‘lingan xolda, g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Yakunda ”A” guruhidan “UzDongYangKo” klubi barcha raqiblarini ortda qoldirib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “B” guruhida “Shahrixon-1926” jamoasi g‘olib bo‘ldi. 16 noyabr kuni ushbu jamoalar musobaqaning finalida o‘zaro kuch sinashishdi. Bahs Andijon shahridagi “Sog‘lom avlod” stadionida kechdi.
Aytish lozimki, mazkur o‘yinga muxlislar tomonidan bo‘lgan qiziqish yuqori bo‘ldi. Mamlakatimizda birinchi liga o‘yinlari birmuncha erta yakunlangani bois, andijonlik muxlislar ham katta futbolni sog‘inib qolishgandi. Shu bois bo‘lsa kerak, shu kuni stadionga tomoshabinlar tashrifi ko‘p bo‘ldi.
“UzDongYangKo” bundan bir oy avval ikkinchi liga jamoalari o‘rtasida viloyat Kubogini qo‘lga kiritgandi. Sanjar Latipov shogirdlari bu safar chempionatda ham oltin medallarni qo‘lga kiritish uchun astoydil xarakat qildi. Ammo “Shahrixon-1926” ham birinchi ligaga chiqish uchun pulka yo‘llanmasini qo‘lga kiritish maqsadida o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rganini amalda isbotladi. Kezi kelganda aytish lozimki, bugungi kunda “Shahrixon-1926” jamoasiga andijonlik taniqli futbolchi Baxtiyor Hamidullaev ustozlik qilmoqda. Murabbiylik faoliyatini quyidan boshlashga qaror qilgan sobiq goleador bu yil o‘z jamoasi bilan birinchi ligaga chiqish uchun astoydil xarakat qilmoqda.
Andijon viloyati ikkinchi liga final uchrashuvi.
“UzDongYangKo” - “Shahrixon-1926” 0:3 (0:1).
Andijon. “Sog‘lom avlod” stadioni.
Hakamlar: Temur To‘xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Xushnud Suyunboev.
Nazoratchi: Rustam Hamidov.
Gollar: Jamshid Hamidov, 20. Doniyor Hamidullaev, 86. Abduqahhor Nazirov, 90+7.
“UzDongYangKo”: 1.Bobur Tojiboev, 2.Azizbek Mahmudov, 3.Azamat Isaev, 4.Salim Rahmatullaev, 6.Muhammadjon Otajonov, 10.Jahongir Suyarqulov, 11.Isroil Tursunov, 12.Quddus G‘ulomov, 13.Azizbek Davronov, 18. Eldor To‘lanov, 19.Anvar Abduqodirov (S).
Zaxira: 5.Ilyos Sobirov, 7.Javlon Hamdamov, 8.Sardor Nurmatov, 9.Dilshod Mo‘ysinov, 14.Akram Muhammadtohirov, 17.Hasanboy Ibragimov, 20.Asadbek Abdujalilov.
“Shahrixon-1926”: 34.Lochin Dolimov, 4.Islom Qo‘ziboev, 5.Odil Davronov, 8.Abubakir Abdullaev, 9.Doniyor Hamidullaev (S), 10.Jamshid Hamidov, 11.Po‘lat Sharipov, 17.Jasur Quvvataliev, 18.Mansur Mahsudov, 21.Doniyor Turdiqulov, 23.Bekzod G‘oziev.
Zaxira: 2.Islom Mo‘minov, 3.Zokir Najimov, 7.Samandar Ismoilov, 13.Abduvohid Jo‘raev, 20.Abduqahhor Nazirov, 77.Zuhriddin Mirzaev.
“UzDongYangKo” jamoasiga kumush medallar taqdim etilgach, “Shahrixon-1926” futbolchilariga oltin medallar taqib qo‘yildi. Viloyat futbol federatsiyasi tomonidan musobaqada ishtirok etgan har bir ampluaning “Eng yaxshi” futbolchisi aniqlab, diplom va estalik sovg‘a bilan taqdirlandi.
Unga ko‘ra, musobaqaning “Eng yaxshi darvozaboni” “Shahrixon-1926” posboni Lochin Dolimov, “Eng yaxshi himoyachi” “Shahrixon-1926” a’zosi Mansur Mahsudov, “Eng yaxshi yarim himoyachi” – Anvar Abduqodirov (“UzDongYangKo”), “Eng yaxshi hujumchi” – Doniyor Hamidullaev (“Shahrixon-1926”), Musobaqaning “Eng yaxshi to‘purari” – Isroil Tursunov (“UzDongYangKo”)deb topildi.
Bundan tashqari final uchrashuvini boshqarib borgan oliy liga hakamlari ham viloyat futbol federatsiyasining estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, viloyat futbolida o‘ziga yarasha nom qozongan, “Andijon” ishqibozlar klubi etakchisi – Nodirbek To‘ychiev, “Sog‘lom avlod” stadionining maydonini imkon qadar ideal xolatga keltirish uchun samarali mexnatlari bilan katta yordam berib kelayotgan Azizbek Saidahmedov, “Sog‘lom avlod” stadionida futbol uchrashuvlarida suhandonlik qilib kelayotgan xushovoz sohibi – G‘ulomqodir Abdurahimov viloyat futbol federatsiyasining diplomi va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbir yakunida so‘z taniqli sobiq hakam, ustoz murabbiy – Muhammadqosim To‘xtasinovga berildi.
Shu tariqa 2017 yilgi Andijon viloyat ikkinchi liga musobaqasi yopiq deya e’lon qilindi.
Islombek Rustambekov.
Fikrlar