
Bektemir Meliqo‘ziev (81 kg) oltin medal bilan taqdirlandi
Xabaringiz bor bugun Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining final janglariga start berildi. Kunduzgi dasturdan o‘rin olgan final bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilgan 3 nafar bokschimizning barchasi g‘alaba qozondi va oltin medal bilan taqdirlandi.
Kechki dasturda O‘zbekiston terma jamoasidan 1 nafar bokschi final jangida ishtirok etdi. 81 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan qit’aning tengsiz bokschisi Bektemir Meliqo‘ziev oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Boks bo‘yicha Osiyo chempionati | 81 kg vazn toifasi
Oltin medal sohibi – Bektemir Meliqo‘ziev (O‘zbekiston)
Kumush medal sohibi – Erik Aljanov (Qozog‘iston)
Bronza medal sohibi – Jyabin Xuan (Xitoy)
Bronza medal sohibi – Nuryagdi Nuryadiev(Turkmaniston)
Fikrlar