Bekzod Tursunboev Toshkentda ikkinchi nokautni rasmiylashtirdi

  • 05.05.2018 20:20
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan professional janglarda 8 nafar bokschimiz Rossiya, Tanzaniya, Indoneziya, Gruziyadan kelgan charm qo‘lqop ustalari bilan kuch sinashmoqda.

Boks kechasining ikkinchi to‘qnashuvida hamyurtimiz Bekzod Tursunboev debyut jangini indoneziyalik Roy Muxlisga qarshi ringga ko‘tarildi. 

66,6 kg vaznda 6 raund etib belgilangan qarama-qarshilikda Bekzod katta ustunlikka ega bo‘lib, birinchi raunddayoq jangni to‘xtatib qo‘ya qoldi.

Roy Muxlis esa shu vaqtga qadar professional boksda 29 g‘alaba, 8 mag‘lubiyat va 3 durang qayd etgan.

Kechaning asosiy jangida Aziz Abdug‘ofurov (10-0-0, KO4) rossiyalik Dmitriy Chudinov (21-2-2, KO13 -Rossiya) bilan chempionlik jangida uchrashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!