Beyl "Bavariya"ga qarshi javob o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi hujumkor yarim himoyachisi Garet Beyl UEFA Chempionlar ligasi chorak final javob o‘yinida “Bavariya”ga qarshi o‘ynolmasligi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, uelslik futbolchi kecha Germaniyada bo‘lib o‘tgan o‘yinda jarohat olgan va 59-daqiqada almashtirilgan edi. Marca nashrining ma’lum qilishicha Beyl o‘ng oyoq son mushaklaridan jarohatlangan. Futbolchining sog‘ligi haqidagi to‘liq ma’lumot bugun bo‘lib o‘tadigan tibbiy tekshiruvlardan so‘ng aniq bo‘ladi.

Yuqoridagi manbaaning yozishicha Beyl katta ehtimol bilan 15 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan “Sporting”ga qarshi uchrashuvda ishtirok etmaydi. Uning “Bavariya”ga qarshi 18 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan javob bahsida o‘ynash yoki o‘ynamasligi tibbiy tekshiruvlardan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Kazemiro: Chetlatish bizga erkinroq o‘ynashga imkon berdi

Zidan: Ronaldu ko‘plab imkoniyatlarni qo‘ldan boy berganidan hafa

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!