Bikmaev, Bezerra va Ibrohimov yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun da’vogarlik qilmoqda

  • 14 dekabr, 2018, 12:24
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Tashkilot mazkur taqdirlash marosimidagi nominatsiyalarni e’lon qilib bormoqda. Navbat yilning eng yaxshi futbolchisiga etib keldi. Mazkur mukofot uchun Marat Bikmaev, Tiago Bezerra va Javlon Ibrohimovlar da’vogarlik qilmoqda.

Yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzod – MARAT BIKMAEV (“LOKOMOTIV”)

“Lokomotiv” jamoasi hujumchisi – Marat Bikmaev xuddi 2017 yilda bo‘lgani kabi 2018 mavsumda ham barqaror o‘yin ko‘rsatdi. Mahoratli o‘yinchi 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol etdi va “Lokomotiv” tarkibida mamlakat chempionati oltin medallariga ega chiqdi.


Yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzod – TIAGO BEZERRA (“PAXTAKOR”)

Tiago Bezerra ortda qolgan mavsumda “Paxtakor” jamoasining eng asosiy figurasi sifatida gavdalandi va PEPSI Superliga-2018 davomida 17 ta gol kiritib, chempionat to‘purari bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi. Qolaversa, “Paxtakor” jamoasining kumush medallariga ega chiqishida salmoqli xissa qo‘shdi.


Yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzod – JAVLON IBROHIMOV (“BUNYoDKOR”)

Ushbu futbolchi 2018 mavsumda “Bunyodkor” jamoasining har jabhada etakchisi bo‘ldi va 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 bora raqiblari darvozasini aniq nishonga oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!