Bilasizmi? “Bavariya” joriy mavsum o‘z maydonida ilk marta mag‘lub bo‘ldi

  • 26.04.2018 11:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kecha Chempionlar ligasi yarim final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan o‘yinda “Bavariya” o‘z maydonida “Real”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

E’tiborli jihati, ushbu mag‘lubiyat myunxenliklarning joriy mavsum o‘z maydonaridagi birinchi mag‘lubiyati bo‘ldi. Aniqrog‘i, “Bavariya” kechagi o‘yinga qadar bu mavsum "Alyants Arena"da jami 21ta uchrashuv o‘tkazgan va shularning 18tasida g‘alaba qozongan, 3tasida esa durang qayd etgan edi.

Yupp Xaynkes shogirdlari ushbu o‘yinlarda raqiblari darvozasiga 67ta gol urishgan bo‘lishsa, o‘z darvozalaridan bor yo‘g‘i 12ta to‘p olib chiqishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!