
Bilasizmi? Livanni 1 dona sariq kartochka 1/8 finaldan mosuvo etdi
Kecha bo‘lib o‘tgan 4 uchrashuv yakunlariga ko‘ra, nim chorak finalda o‘ynaydigan barcha 16 jamoaning nomi ma’lum bo‘ldi.
Livan 3-turda KXDR ustidan 4:1 hisobida ustun keldi o‘z hisobidagi ochkolar sonini 3 taga etkazib oldi. To‘plar nisbati - 4:5. Yaxshi bilasiz, joriy yilgi qit’a birinchiligida 6 guruhning 4 ta eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoasi ham 1/8 finalda o‘ynash huquqiga ega bo‘ldi.
Livanda ham mazkur to‘rt jamoa qatoriga kirish imkoniyati mavjud edi. Ular Vetnam bilan bir xil ochko va to‘plar nisbatiga ega edilar. Biroq Miodrag Radulovich shogirdlari turnir davomida 6 bor hakamlar tomonidan ogohlantirildi. Vetnamda esa bu ko‘rsatkich 5 ga tengligi bois, livanliklar musobaqa bilan hayrlashishlariga to‘g‘ri keldi. Vetnam esa kurashni davom ettiradi.
Fikrlar