Bilasizmi? Seraziddinov "Lokomotiv"ning 6 uchrashuvini boshqargan
Ma’lum qilinganidek, bahsni Viktor Seraziddinov boshqaradi. Unga qanotlarda Andrey Tsapenko, Sanjar Shoyusupov yordam beradi.
O‘tgan ikki mavsum davomida hali hech kimga qizil kartochka bermagan Viktor Serazetdinov shu kunga qadar "Lokomotiv"ning 6 uchrashuvini boshqargan. Ushbu o‘yinlarda "Loko" 2 marta g‘alaba qozongan bo‘lsa, 3 o‘yinda durang qayd etgan. Faqatgina bir marta jamoa mag‘lub bo‘lgan. To‘plar nisbati "temiryo‘lchilar" foydasiga - 9:6. Seraziddinov "Lokomotiv" ishtirokidagi bahslarda 35 marta sariq kartochka ko‘rsatgan. Hozircha u cho‘ntagidan qizil kartochka chiqarmagan. Seraziddinov "Lokomotiv"ning O‘zbekiston kubogi doirasidagi o‘yinlarini boshqarmagan.
Viktor Seraziddinovning "Lokomotiv" ishtirokidagi o‘yinlari:
Superliga. 29/04/18 "Lokomotiv" - "Paxtakor" 0:0 (4 ogohlantirish)
Oliy liga. 25/11/17 "Lokomotiv" - "Bunyodkor" 3:2 (6 ogohlantirish)
Oliy liga. 29/09/17 "Obod" - "Lokomotiv" 1:3 (4 ogohlantirish)
Oliy liga. 10/04/16 "So‘g‘diyona" - "Lokomotiv" 1:1 (8 ogohlantirish)
Oliy liga. 14/05/15 AGMK - "Lokomotiv" 2:2 (11 ogohlantirish)
Oliy liga. 16/10/10 "Bunyodkor" - "Lokomotiv" 1:0 (2 ogohlantirish)



Fikrlar