Bilasizmi? So‘nggi 12 yilda ilk bor El Klasikoda har ikkala jamoa safida braziliyaliklar gol urishdi
Xabaringiz bor La Liganing 10-turi doirasida “Barselona” o‘z maydonida “Real”ni qabul qildi va 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu kuni kataloniyaliklarning gollariga Luis Suares (xet-trik), Filippe Koutino hamda Arturo Vidallar mualliflik qilishdi. Madridliklarning yagona javob to‘pini esa Marselo kiritdi.
E’tiborli jihati el klasikolar tarixida so‘nggi 12 yilda ilk bor har ikkala jamoa tarkibida braziliyalik futbolchilar gol kiritishdi. Bundan hol so‘nggi marta 2006 yilda sodir bo‘lgan va o‘shanda “Real” tarkibida Ronaldo “Barselona” tarkibida esa Ronaldino raqib darvozalarini ishg‘ol etishgan edi.

Fikrlar