Bilasizmi? Zidan so‘nggi uch yil ichidagi eng kamxarj va eng foydali murabbiy

  • 1 iyun, 2018, 12:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha “Real” bosh murabbiyligidan ketganini e’lon qilgan Zinedin Zidan o‘zining “qirollik klubi”dagi 2,5 yillik faoliyati davomida bor yo‘g‘i 3ta futbolchini jamoaga olib kelgan.

Aniqrog‘i, 45 yoshli frantsiyalik mutaxassis Alvaro Morata, Teo Ernandes va Dani Sebaloslarning transferi uchun jami 70,5 mln evro pul sarflagan holos. Bu vaqt ichida esa Zidan “Real” bilan jami 9ta sovrinni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Taqqoslash uchun, Joze Mourinyu so‘nggi uch yil ichida transferlar uchun 349 mln evro sarflagan va 3ta sovrinni qo‘lga kiritdi, Xosep Gvardiola esa 528 mln evro xarajat qilib,  bor yo‘g‘i 2ta sovringa ega chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!