Birinchi davraning so‘ngi turida muxlis jamg‘arish borasida "Dinamo" "Olmaliq"dan ortda qoldi

  • 26 iyun, 2017, 19:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 24-25 iyun kunlari Oliy liga 15-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. 

Birinchi davraning so‘ngi tur uchrashuvlari ham bir qator kutilmagan natijalarga boy bo‘ldi. Turning ilk uchrashuvida "Paxtakor" JAR stadionida "Obod"ni yirik hisobda mag‘lub etdi. "Bunyodkor" esa o‘z maydonida amaldagi chempion, "Lokomotiv"ni 1: hisobida engishni uddalay bildi. Yana bir uchrashuvda 18 yildan buyon Qarshida g‘alaba qozona olmagan "Navbahor" o‘zining  "an’anasi"ga sodiq qoldi,  "Nasaf" - "Navbahor" 4:0.

Endi esa SPORTS.uz sayti har doimgidek e’tiboringizga ushbu tur bahlariga tashrif buyurgan muxlislar statistikasi bilan tanishtirib o‘tadi.

Ushbu turda stadionlarimizga tashrif buyurgan muxlislar soni o‘tgan turdagiga nisbatan sal kam ikki barobar kam bo‘ldi. Ya’ni birinchi davraning so‘ngi turiga jami 18,548 muxlis tashrif buyurdi. Bu esa har bir o‘yinga 3,414 tomoshabin keldi degani.

Turning eng muxlisbob o‘yini sifatida "Olmaliq" - "Qo‘qon-1912" jamoalari bahsini ko‘rsatishimiz mumkin. Sababi ushbu uchrashvni 4,221 tomoshabin bevosita stadiondan ko‘rdi.  "Dinamo" hamda "Mash’al" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga 4061 muxlis tashrif buyurdi. Muxlislar jamg‘arish borasidagi reytingning quyi qismida "Bunyodkor" va "Neftchi" jamoalari band etib turishibdi. 

Quyida ushbu turdagi muxlilar tashrifi borasidagi statistikani e’tioringizga havola etamiz:

«Olmaliq» (Olmaliq) – «KQo‘qon-1912» (Qo‘qon) – 0:0. 4221 tomoshabin.

«Dinamo» (Samarqand) – «Mash’al» (Muboraek) – 0:0. 4061 tomoshabin.

«Nasaf» (Qarshi) – «Navbahor» (Namangan) – 4:0. 2820 tomoshabin.

«Qizilqum» (Navoiy) – «Shurtan» (G‘uzor) – 2:0. 2505 tomoshabin.

«So‘g‘diyona» (Jizzax) – «Buxoro» (Buxoro) – 1:2. 2112 tomoshabin.

«Obod» (Toshkent) – «Paxtakor» (Toshkent) - -1:4. 1252 tomoshabin.

«Bunyodkor» (Toshkent) – «Lokomotiv»  (Toshkent) – 1:0. 818 tomoshabin.

«Neftchi» (Farg‘ona) – «Metallurg» (Bekobod) – 0:2. 759 tomoshabin.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!