Blind yana "Ayaks"ga qaytish uchun maoshi kamayishiga ham rozi

  • 03.07.2018 16:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” klubi himoyachisi Deyli Blind yana “Ayaks” safiga qaytishi mumkin.

The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 28 yoshli gollandiyalik futbolchi qadrdon jamoasiga qaytishi uchun maoshining kamayishiga ham tayyor. Aytish lozimki Blindning MYudagi hozirgi maoshi haftasiga 120 ming funtni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, Blindning “Manchester Yunayted” bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilga qadar imzolangan.

Eslatib o‘tamiz, MYu Blindni 2014 yil aynan “Ayaks” klubidan 13,8 mln funt evaziga xarid qilgan edi. Biroq, jamoa boshqaruviga Joze Mourino kelgach Blind asosiy tarkibdagi o‘rnini butunlay yo‘qotdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!