
Boks: Mirazizbek Mirzahalilov iordaniyalik raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi
Osiyo o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan boks bahslarining bugungi kungi bellashuvlarida ham vakillarimiz g‘alabali yurishlarini davom ettirishmoqda.
Xususan, 56 kg vazn toifasida hamyurtimiz Mirazizbek Mirzahalilov 1/8 final bosqichida iordaniyalik Muhammad Alvadiga qarshi ringga ko‘tarildi.
Qiziqarli o‘tgan jang esa Mirazizbekning foydasiga hal bo‘ldi. Qayd etish lozim, bundan oldinroq hamyurtlarimizda Hasanboy Do‘smatov va Iqboljon Xoldorovlar ham raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmagandi.
Fikrlar