
Boks bo‘yicha yoshlar terma jamoamiz JCh-2016ga jo‘nab ketishdi
17-26 noyabr kunlari Sankt-Peterburgda (Rossiya) boks bo‘yicha V yoshlar jahon chempionati (AIBA Youth World Boxing Championships) bo‘lib o‘tishidan xabaringiz bor.
Dunyoning 75 davlatidan 417 nafar yosh charm qo‘lqop ustalari g‘oliblik uchun ringga ko‘tariladi.
Mazkur musobaqalarda O‘zbekiston termasi to‘liq tarkibda ishtirok etadi: Nurjan Serikov (49 kg), Otabek Xolmatov (52 kg), Shunqor Abdurasulov (56 kg), Bilolbek Mirzarahimov (60 kg), Abu Nuranov (64 kg), Ulug‘bek Sobirov (69 kg), Shoxruzbek Rustamov (75 kg), Sanjar Tursunov (81 kg), Shoxruz Rahimov (91 kg), Abdulla Xudorganov (+91 kg).
Fikrlar