Bokschilarimiz Bishkekdagi xalqaro turnirda ishtirok etadi
31 yanvar - 4 fevral kunlari Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahridagi K. Kojomkul sport saroyida boks bo‘yicha sobiq Ittifoq qahramoni Duyshenkul Shopokov xotirasiga bag‘ishlagangan 41-xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston, Tojikiston, Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan 100 nafardan ortiq charm qo‘lqop ustalari g‘oliblik uchun ringga chiqishadi.
Turnir erkaklar 10 vazn toifasida (-49 kg, -52 kg, -56 kg, -60 kg, -64 kg, -69 kg, -75 kg, -81 kg, -91 kg, va +91 kg) va xotin qizlar esa uch vazn toifasida (-51 kg, -60 kg, -75 kg) ringga ko‘tariladilar.
O‘zbekiston terma jamoasidan o‘rin olgan bokschilar bilan tanishing:
49 kg: Nodirjon Mirzaxmedov
52 kg: Foziljon Abdumuradov
56 kg: Oybek Juraev
56 kg: Asadbek Malikov
60 kg: Ozodbek To‘xtaev
64 kg: Ziyovidin Tohirov
69 kg: Fazliddin Meliboev
75 kg: Akmurod G‘affarov
81 kg: Bahromjon Fazilov
81 kg: Shohruh Rustamov
-91 kg: Aziz Shukurov
+91 kg: Obidjon Tohirov
Jamoa murabbiylari Ilyos Rahimjonov va Asqar Sultonov. Shuningdek, o‘zbekistonlik hakamlardan Ahmad Fozilov ishtirok etadi.

Fikrlar