Bokschilarimizning navbatdagi medallari

  • 31.10.2018 15:10
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qozog‘istonning Chimkent shahrida Qoraqo‘zi Abdaliev xotirasiga bag‘ishlab, boks musobaqasi o‘tkazildi.

Vazni 57 kilogramm bo‘lgan hamyurtimiz Shomsherbeg Mirzabekov final uchrashuvida qirg‘izistonlik Sirojiddin Abdullaevga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va kumush medal bilan taqdirlandi.

Shuningdek, mazkur musobaqada yana bir vakilimiz Shohjahon Abdullaev muvaffaqiyatli ishtirok etib bronza medali sohibiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!