Boku-2017. Merganlarimiz dastlabki medallarni qabul qilib olishdi
Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida Islom birdamlik o‘yinlarining ikkinchi kun musobaqalari davom etmoqda. Bugungi kun dasturidan o‘rin olgan 10 metr masofadan pnevmatik miltiqdan o‘q otish bahslarida terma jamoamiz medallari soni yana bittaga ko‘paydi.
Avval xabar berganimizdek, ushbu musobaqada Saidxon Sayfuddinov terma jamoamiz hisobiga dastlabki bronza medalni keltirgan bo‘lsa, Vadim Skorovarov ettinchi o‘rinni band etgan edi.

Xuddi shunday 10 metr masofadan pnevmatik miltiqdan o‘q otish bahslarida Sakina Mamedova ham bronza medalini qo‘lga kiritib, jamoamiz medallar sonini yana bittaga ko‘paytirdi.

Qayd etish joizki ayni paytda sportchilarimiz o‘z meddallarini qabul qilib olmoqda.

Fikrlar