Boku-2017: O‘zbek bokschisi kuchli raqibni "er tishlatdi"

  • 15.05.2017 21:11
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Boku shahrida davom etayotgan Islom birdamlik o‘yinlari dasturidan joy olgan boks musobaqasida 69 kilogramm vazn toifasida ringga chiqayotgan hamyurtimiz Bobo-Usmon Boturovning jang uslubi hammaga ma’qul bo‘lmoqda.

 

Dastlabki bosqichda falastinlik Ahmad Harrarani mag‘lubiyatga uchratgan hamyurtimiz chorak finalda turkiyalik kuchli bokschi Onder Sipal bilan raqobatlashdi.

Bu uchrashuvda ham Bobo-Usmon mahorat va tajriba bobida raqibidan ustunligini namoyish eta oldi. Mustahkam himoya va tezkor zarbaga ega bokschimiz Turkiya vakilini 5:0 hisobida dog‘da qoldirdi.

Bobo-Usmon Boturov yarim finalda suriyalik Ahmad Gossonga qarshi ringga chiqadi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!