
Bonuchchi “Milan”dan ketib, boshqa jamoaga o‘tmoqchi
Italiyaning "Milan" klubi himoyachisi Leonardo Bonuchchi rahbariyatdan o‘zini transferga qo‘yishlarini talab qilmoqda.
Football Italia nashrining xabar berishicha “rossonerilar” UEFA tomonidan moliyaviy feyr-pley qoidasini buzgani sabab 2 mavsumga evrokuboklardan chetlatilgani bois 31 yoshli futbolchi jamoadan ketmoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda Bonuchchiga "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Chelsi" hamda PSJ kabi jamoalar jiddiy qiziqish bildirishmoqda.
Fikrlar