"Bordo"ni boshqarish uchun yana bir nomzod paydo bo‘ldi

  • 28 avgust, 2018, 12:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Belgiya terma jamoasida faoliya olib borayotgan Terri Anri "Bordo" klubini boshqarishni xohlamadi.

41 yoshli mutaxassis tez orada AQShlik investorlar qo‘liga o‘tadigan jamoada o‘zining barcha talablari bajarilmasligini bilgach ushbu taklifni rad etgan.

Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ushbu lavozimga endi italiyalik mutaxassis Klaudio Raneri nomzodi ko‘rib chiqilmoqda. Ta’kidlash kerakki, Raneri uchun Frantsiya begona emas. Boisi, "Lester"dan iste’foga chiqqach bu erda bir mavsum "Nant" klubini boshqardi.

Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq "Bordo" vakillari Antonio Konte bilan ham muzokaralarga kirishgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!