
"Borussiya" hujumchisi faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin
Myunxengladbaxning "Borussiya" klubi forvardi Alassan Pleani faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin.
L’Équipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "Dalyan Ifan" 25 yoshli frantsiyalik futbolchi uchun 40 million evro taklif qilgan. Ammo, xitoyliklar ushbu mablag‘ni 50 mln evroga oshirishga ham tayyor. Qolaversa ular Pleaning o‘ziga ham yaxshigina moliyaviy taklif bildirishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Plea “Borussiya” safiga 2018 yilning yozida “Nitstsa”dan 23 mln evroga ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum 20ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 13ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar