Boshlandi. Fabregas Konte bilan xayrlashdi, navbat "Chelsi"ga

  • 12.07.2018 23:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Fransesk Fabregas jamoa bosh murabbiyi Antonio Kontega murojaat qildi.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, bugun italiyalik mutaxassisning jamoa boshqaruvidan ketishi ma’lum bo‘ldi, ammo “aristokratlar” hozircha bu haqda rasman e’lon qilishmayapti.

“Janob, Angliya chempionati va Kubogidagi g‘oliblik uchun rahmat! Dastlab men sizning ishonchingizni oqlay olmagan bo‘lishim mumkin, ammo yakunda mening ko‘rsatgan natijalarimdan faxrlandingiz deb umid qilaman. Kelajakda omad yor bo‘lsin!”, - deb yozadi ispaniyalik futbolchi o‘zining tvitterdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Konte “Chelsi”ni 2016 yildan buyon boshqarib kelayotgan edi. U jamoadagi debyut mavsumidayoq APLda g‘olib chiqqan bo‘lsada, o‘tgan mavsumni 5-o‘rinda yakunladi va jamoa EChL yo‘llanmasidan maxrum bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!