Bu mavsum "Liverpul" etakchisi uchun so‘nggisi bo‘lishi mumkin
“Liverpul” klubi yarim himoyachisi Jeyms Milner joriy mavsum yakunlangach jamoadan ketishi mumkin.
Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mersisaydliklar rahbariyati mavsum so‘nggida shartnomasi yakunlanadigan 32 yoshli futbolchiga haligacha yangi shartnoma taklif qilishgani yo‘q.
Ma’lumot uchun, Milner “Liverpul” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 100ta o‘yinda maydonga tushib, 15ta gol urishga erishgan.



Fikrlar