
Bu mavsum "Paxtakor" safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi kim?
Mavsum mobaynida jami 26 nafar o‘yinchi "sherlar" safida maydonga tushdi. Akademiya tarbiyalanuvchilaridan Jahongir Ahmadov va Shoxruh Mahmudhojiev joriy mavsum debyutini o‘tkazdi. 26 futbolchidan 15 nafari bevosita “Paxtakor” futbol maktabida tahsil olgan o‘yinchilar bo‘lgani e’tiborga molik.
Eng ko‘p uchrashuvda maydonga tushgan futbolchi "Paxtakor"ning portugaliyalik legioneri Ismael Gonsalvesh bo‘ldi. U 31 bellashuvda harakat qildi. Maydonda o‘tkazgan daqiqasi bo‘yicha esa Eldor Suyunov etakchi bo‘ldi. U 30 bahs, 2700 daqiqa davomida o‘yinlarda darvozasini qo‘riqladi. Undan keyin Tiago Bezerra (2653 daqiqa) va Jaloliddin Masharipov (2503) bu borada peshqadamlarga aylanishdi.
Superliga to‘purariga aylangan Bezerra hisobiga 17 gol yozildi. Gonsalvesh esa 16 gol muallifi bo‘ldi. Himoyachi bo‘lishiga qaramay, Farruh Sayfiev 5 to‘p kiritdi. Masharipov va Igor Sergeev esa 4tadan gol muallifi bo‘ldi. Golli paslar oshirishda Masharipov etakchilik qildi – 7ta. Bezerra esa 6 bor jamoadoshlari gol urishi uchun so‘nggi to‘p oshirishni amalga oshirdi. Gol+pas tizimida Bezerra 23 ochko to‘pladi. Gonsalvesh 18, Masharipov 11 ball yig‘ishga erishdi. Ushbu uchlik “Paxtakor”ning mavsumdagi 52 goli urilishida bevosita ishtirok etishdi.
Chernogoriyalik himoyachi Marko Simich hakamlardan 8 marta sariq kartochka oldi. Hech bir futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatilmadi.
Maydonga tushgan yoshi eng katta futbolchi Kamoliddin Tojiev bo‘ldi, 35 yosh. Jahongir Ahmadov esa eng yosh o‘yinchiga aylandi – 20 yosh.
Fikrlar